Biz Haqimizda
RaxPro — ombor, arxiv va savdo maydonlari uchun professional stellaj yechimlarini taqdim etuvchi kompaniya. Bizning asosiy maqsadimiz bizneslarga tartib, xavfsizlik va ish samaradorligini oshirishda yordam berishdir.
Kompaniyamiz katta omborlar uchun og‘ir yuk ko‘taruvchi palletli stellajlar, o‘rta yuklamali ombor stellajlari, arxiv stellajlari hamda supermarket va do‘konlar uchun savdo stellajlarini yetkazib beradi. Mahsulotlarimiz mustahkam metallardan ishlab chiqarilgan bo‘lib, xalqaro standartlarga mos Eron va Xitoy zavodlaridan olib kelinadi.
Har bir loyiha uchun ombor yoki savdo maydoni o‘lchamlari asosida individual yechim ishlab chiqamiz, dizayn tayyorlaymiz va professional o‘rnatish xizmatini ko‘rsatamiz. Stellajlarimiz 10 yillik rasmiy kafolatga ega bo‘lib, zanglamasligi va sifatini uzoq muddat saqlab qolishi bilan ajralib turadi.